Notariuslar xizmatingizga shay

Date:

“Yuksalish” harakati va O‘zbekiston Notarial palatasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida joylashgan harbiy qismlarda “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini takomillashtirib borish orqali aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishini ta’minlash, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, notarial xizmatlar mazmun-mohiyati hamda ularning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida tushunchalarni kengaytirish, huquqiy savodxonlikni mustahkamlash orqali fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilishga ko‘maklashish maqsadlarini koʻzda tutadi.

Aksiya 5 yil davomida amalga oshirilib kelinmoqda. Uning doirasida jami 17 468 nafar fuqaro qamrab olingan. Ikki kunlik aksiya davomida respublikamizning 79 ta harbiy qismda 156 nafar notarius va yurist tomonidan 4000 dan ziyod harbiy xizmatchiga yakka tartibda bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining Notarial palataga bag‘ishlangan bobida aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish belgilab qo‘yilgan.

“Yuksalish” harakati va Notarial palata o‘rtasidagi hamkorlik 2020-yil sentyabr oyida ikki tashkilot o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Shu vaqtgacha fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, notariat sohasini isloh qilish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ekspert va olimlarni faol jalb etish, shu jumladan, xayriya tadbirlari va joylarda targ‘ibot ishlarini o‘tkazish bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun