Bunyodkorlik ishlari avjida

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish ishlari hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Xususan, Termiz shahrida 800 xonadonli “O‘zbegim” turar joy majmuasi, ko‘p qavatli uy-joylar, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi viloyat filialining 80 o‘rinli qo‘shimcha binosi, shuningdek, 2,6 gektar maydonda “Temirchilik klasteri” va qurilish materiallari sanoat zonasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, “Tinchlik” mahallasida zamonaviy uslubda yopilgan kollektor ustida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda avtoservislar tashkil etish jarayonlari o‘rganildi.

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar, “Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi”, bog‘, ijtimoiy va ko‘ngilochar maskanlar qurilishi jarayonlari bilan ham tanishilib, pudratchi tashkilotlar va mas’ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganishlar davomida barcha loyihalarda qurilish sifatini ta’minlash, mahsulotlar tannarxini tushirgan holda aholi uchun hamyonbop qilish va obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Oldingi sahifaDillarda bayram shukuhi
Keyingi sahifaQulay va xavfsiz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun