“Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forum dastlab voha yosh tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Tadbir san’at va sport maktablari o‘quvchilari, kitobxonlar, rassomlar hamda yosh ijodkor va san’atkorlarning badiiy chiqishlari bilan davom etdi. Forumda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Tadbirda 700 nafardan ziyod o‘qituvchilar orqali butun viloyat pedagoglarini mustaqillikning 34 yillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.

Investitsiya dasturiga asosan joriy yilda viloyatda 8 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasasi, 4 ta umumta’lim maktabi hamda 41 ta qo‘shimcha bino qurilmoqda. Shuningdek, 9 ta maktabda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 19,8 milliard so‘m evaziga 26 ta maktab ta’mirlandi. Umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida esa 5,6 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Forum davomida viloyatning so‘nggi yillardagi yutuqlari ham e’tirof etildi. Jumladan, o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati o‘tgan yildagi 14-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarilgani, fan olimpiadalarida esa Respublika miqyosida 14-o‘rindan 4-o‘ringa chiqilgani qayd etildi. Bu yutuqlar o‘z navbatida fidokor o‘qituvchilar mehnati samarasi ekanligi qayd etildi.

Yakunda ta’lim-tarbiya sohasida alohida yutuqlarga erishgan, faol, tashabbuskor, izlanuvchan va namunali pedagoglardan iborat 30 nafar o‘qituvchi viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun