“Tarixning nomaʼlum sahifalari”da

Date:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan nashr etilgan “Tarixning nomaʼlum sahifalari” kitobining 12-jildi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Nashr bir qancha boʻlimlarni oʻzida jamlagan yaxlit ilmiy asar boʻlib, unda Oʻzbekistonning XІX-XX asr siyosiy tarixi haqidagi ilmiy maqolalar, qatagʻon qurbonlari hamda zamondoshlarining qimmatli xotiralari, ilgari tadqiqotchilar uchun yopiq boʻlgan arxiv fondlari hujjatlari bilan tanishish mumkin. Shuningdek, bir qancha qatagʻon qurbonlarining hayoti, faoliyati hamda fojiali taqdiriga oid maʼlumotlar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilgan va keng jamoatchilikka taqdim qilingan.

 Kitobdagi ilmiy maqolalar asosan Turkistondagi jadidchilik harakati tarixi, uning taniqli namoyondalari, qardosh qozoq millatiga mansub taraqqiyparvarlarning ibratli hayoti va fojeali taqdiriga oid yangi maʼlumotlar asosida yozilgan. Toʻplamdagi yana bir yangilik – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxividan olingan hujjatlar asosida tayyorlangan “Oʻzbekiston davlat rahbari Akmal Ikromovga maktublar” ruknidir. Unda Germaniyada tahsil olgan Abduvahhob Murodiy, Solih Muhammadlardan tortib, Choʻlpon, Gʻulom Zafariy, Botu kabi koʻplab mashhur insonlarning maktublari ilk bor nashr yuzini koʻrmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun