Migratsiya: Xavfsiz, tizimli va qonuniy…

Date:

Mo‘may pul topish ilinjida ko‘pchilik xorijda ishlashni eng to‘g‘ri yo‘l deb biladi. Tanish-bilish, undan-bundan eshitganiga ishonib, ketish taraddudiga tushishadi. Afsuski, bir necha oy ishlab, oylik maoshidan darak bo‘lavermagach, aldanganini tushunib yetadiganlar hanuz topiladi.Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xalqaro tashkilotlar (ILO, IOM) bilan hamkorlikda migrantlar huquqini himoya qilish ishlari olib borilayotir.
Viloyatimizning o‘zida til o‘rgatish bo‘yicha bepul to‘garaklar tashkil etilib, har bir migrantga 10 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati viloyat tashkilotida hamkor tashkilotlar uchun o‘tkazilgan seminarda ayni jihatlar borasida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin bo‘ldi. “Mehnat migratsiyasi xavfini kamaytirish” loyihasi doirasida “Xavfsiz, tizimli va qonuniy mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston tajribasi va IOM ko‘magida amalga oshirilayotgan tashabbuslar mavzusidagi seminarda mazkur loyiha to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Loyiha davomida Termiz shahridagi “Pattakesar”, Muzrabot tumanidagi “Shaffof” va Angor tumanidagi “Xamkon” mahallarida 0,02 gektar yer maydonida qurilgan issiqxonalarga tomchilab sug‘orish uskunalari o‘rnatildi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj mehnat migratsiyasidan qaytgan 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Seminarda Xalqaro mehnat migratsiyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasi Mehnat migratsiyasi bo‘limi boshlig‘i Jasur Saidov va IOM O‘zbekistondagi vakolatxonasi, loyiha menejeri Lazizjon Abdulazizov o‘z ma’ruzalarida O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mehnat migratsiyasiga oid loyihalar va ularning natijalari to‘g‘risida to‘xtaldilar.
— Loyiha doirasida 100 milliondan ortiq migrantga yordam ko‘rsatilib, 14 dan ortiq shartnoma imzolandi. Hozirda Shri Lanka davlati tajribasini o‘rganib, O‘zbekistonda tatbiq qilmoqchimiz, — deydi Mehnat migratsiyasi bo‘limi boshlig‘i Jasur Saidov. — Ta’kidlash kerakki, amalga oshirilayotgan barcha harakatlar noqonuniy migratsiyaning oldini olishga qaratilib, firibgarlarga aldanib qolmaslik, migratsiyaga ayollarning o‘zboshimchalik bilan ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari uchun targ‘ibot-tashviqotlar olib borilmoqda.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun