“I-Yozgi arxeologiya maktabi”da

Date:

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida Koreya Merosi Agentligi hamkorligida tashkil etilgan “I-Yozgi arxeologiya maktabi” o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasida ishtirokchilar qator yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O‘quvlar davomida GPR – yer osti tuzilishini radiolokatsiya yordamida o‘rganish, uchuvchisiz uchish qurilmalari (dronlar) orqali arxeologik yodgorliklarni aniq va xavfsiz kuzatish, 3D skaner – tarixiy obidalarni raqamlashtirish haqida fikr bo‘rdi. Shuningdek, ishtirokchilar taxeometr – topilmalarni yuqori aniqlikda o‘lchash, madaniy meros sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash sirlarini ham bilib oldilar.

Restavratsiya va konservatsiyada zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, laboratoriya ishlarida X-ray va P-XRF usullari orqali topilmalarni tahlil qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ma’ruzalar ham qiziqarli va foydali bo‘ldi. Termiz davlat universiteti Ilmiy tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Ulug‘bek Shapulatov ham mazkur o‘quv dasturida faol ishtirok etib, yangi amaliy va laboratoriya ko‘nikmalarini egalladi.

Oldingi sahifaTomorqadan daromad
Keyingi sahifaNatijalar yuksak

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun