Tezlik soatiga 130 kilometr

Date:

Prezident raisligida o‘tkazilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish choralari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha respublika va viloyatlarda tashkil etilgan ishchi guruhlar o‘z faoliyatini boshladi.

Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining infratuzilmasi ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, 120 kilometrdan ortiq masofada transport vositalari uchun ruxsat etilgan harakat tezligi 130 kilometr soatgacha etib belgilanadi.

Shuningdek, M39 yo‘lining 1 321—1 391-kilometrlari oralig‘ida xavfli burilishlarga jami uzunligi 7 kilometr bo‘lgan yo‘l beton to‘siqlarni o‘rnatish, ushbu avtomobil yo‘lidagi mavjud, lekin yaroqsiz holga kelgan 475 ta yo‘l belgisini yangisiga almashtirish, 20 ta xavfli burilishlarga jami 1 800 ta yo‘l belgilarini o‘rnatish, 1 315-kilometridan 1 400-kilometrigacha yo‘l chiziqlarini yangilash, mazkur yo‘nalishdagi mavjud 6 ta ko‘prikning qoplama qismi, to‘lqinsimonlik va do‘ngliklarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgach, yo‘l qayta ko‘rikdan o‘tkazilib, ko‘rsatilgan kilometrlar oralig‘ida tavsiya etilgan tezlik joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun