Maskan beminnat xizmat koʻrsatadi

Date:

Boysun tumanida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yana bir yangi xizmat kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati yoʻlga qoʻyilib, oʻz faoliyatini boshladi.  Ayni kunlarda mazkur maskanda oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat koʻrsatiladi.

Mazkur maskanning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari, “INSON” ijtimoiy xizmatlari markazi direktori, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.  Kunduzgi qarab turish xizmati o‘zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha 0 balldan 62 ballgacha bo‘lgan 18 va undan katta yoshdagi “Kambag‘al oilalar reyestri” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga, haftada 5 ish kuni davomida kuniga 8 soatgacha ko‘rsatiladi. 

Shuningdek, 3 mahal issiq ovqat va qatnov uchun maxsus transport vositasi tashkil etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun