“Kasb vaucheri” tizimi joriy qilinadi

Date:

Yurtimizda 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoʻshimcha taʻlim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi. “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmonida belgilanishicha, “kasb vaucheri” ssuda sifatida ajratiladi.

Shaxs oʻqishni tugatib, sertifikat olgach, ishga joylashganidan soʻng ssudani 2-yil davomida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga qaytaradi. Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida taʻlim olish davrida jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya toʻlanadi:

nogironligi boʻlgan shaxslarga;

3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʻlim olayotgan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalar aʻzolariga;

doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab taʻlim olayotgan shaxslarga.

Bunda ishsizlik nafaqasi toʻlanishi davrida oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ikki oy muddatda har bir hududning ixtisoslashuvi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida bittadan kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbni oʻrgatishga ixtisoslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini aniq muddatlar va amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutgan holda tasdiqlashi belgilandi. Bunda ixtisoslashgan kasb koʻnikmalari markazlari tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda va yirik ish beruvchilarni kadrlarni tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda tashkil etiladi.

Markazlarda mutaxassislar chuqurlashtirilgan holda tayyorlanadi, mahorat darslari oʻtkaziladi, kasblar boʻyicha malaka oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy kengash nazorat qiladi

Bugungi kunda korrupsiya nafaqat milliy, balki global miqyosda taraqqiyotga...

Paxta oralab emas, parta oralab…

Vatanni his qilish bolalik yillarining beg‘ubor sho‘xliklari — uyimiz,...

Kulsang, yig‘laganning isi keladi

Ijtimoiy so‘rovnomalarda asosan teran fikrli kishilar ishtirok etadi, chunki...

Harflari “majruh”, so‘zlari “nimta”

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim.Tilim turib...
KunTun
KunTun