Talabalar BMT loyihasida

Date:

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanida O‘zbekiston yuridik klinikalari yuridik fakulteti talabalari uchun “Kiberzo‘ravonlik qurbonlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatish” mavzusida yozgi maktab o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha BMT ko‘magida tashkil etildi va unda respublikaning 7 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari, jumladan Termiz davlat universitetining yuridik fakulteti talabalari ham faol ishtirok etdi.Yozgi maktab davomida Latviya Respublikasidan taklif etilgan xalqaro ekspertlar tomonidan ma’ruzalar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Talabalar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki o‘zaro tajriba almashib, jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun