“Tez tibbiy yordam”ni onlayn kuzatish mumkin

Date:

Ilgari tez tibbiy yordam mashinasini chaqirib kutishdan sabrimiz chidamay qayerga kelganligidan bexabar bo‘lib qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam xodimlarini bezota qilardik. Endilikda bunga hojat qolmaydi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan ilk bor “103” brigadalari harakatini real vaqt rejimida onlayn kuzatib borish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba-sinov loyihasiga ko‘ra endilikda poytaxt aholisi tez yordam chaqirilganidan so‘ng bemor yoki uning yaqinlariga SMS-xabar keladi — undagi havola orqali brauzer orqali xarita ochilib, tez tibbiy yordam mashinasi  qayerda va qancha vaqtda chaqiruv manzilga yetib borishini onlayn  kuzatish mumkin,

Yangi loyiha “Yandex Uzbekistan” kompaniyasining texnologik yechimi asosida amalga oshirilib, “103” brigadasi harakatlari brauzerda elektron xarita orqali, yaqin kelajakda esa “Yandex Go” mobil ilovasi yordamida kuzatib boriladi. Unga ko‘ra, “Tez yordam”ga murojaat qilingandan so‘ng, brigadaning harakati real vaqt rejimida ko‘rsatiladigan elektron xaritaga havola orqali kirish uchun tizim murojaatchiga avtomatik ravishda SMS-xabar yuboradi.

 Loyihaning keyingi bosqichida foydalanuvchilar “Yandex Go” mobil ilovasidan brigadaning joylashuvi va uning taxminiy kelish vaqti to‘g‘risida push-bildirishnoma orqali xabardor bo‘ladi. Qolaversa, ushbu ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali ham olsa bo‘ladi.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun