Yoshlarimiz g‘oliblar safida

Date:

2025-yilgi “Akademik harakatchanlik” dasturining 3-mavsumi g‘oliblari aniqlandi. 198 nafar talabgor orasidan 23 nafar yosh olim tanlovda zafar quchdi. Bugun g‘oliblarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Quvonarlisi, ular orasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining quyidagi 3 nafar yosh tadqiqotchisi ham bor. Ekologik toza filtr to‘qimalarini ishlab chiqish bo‘yicha Begench Allaqulov, Xondiza rudasidan noyob metallarni ajratishga doir ilmiy tadqiqot bo‘yicha Sardor Abdisoatov, na’matak o‘simligidagi parazit nematodalarni genetik jihatdan o‘rganish bo‘yicha Muxlisa Turopovalarning loyihalari g‘olib deb topildi.

Yosh olimlarning loyihalari to‘liq moliyalashtiriladi va ularga ilmiy izlanishlarni olib borish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun