“Aqlvoy” xizmatga shay

Date:

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’limni yanada kengaytirish hamda olis hududlarda yashayotgan bolalarni qamrab olish maqsadida samarali tashabbus amalga oshirildi. Viloyatimizda ba’zi uzoq masofadagi maktabgacha ta’lim muassasalariga borishga qiynalib o‘z tengdoshlaridan ortda qolayotgan bolajonlarimiz endilikda barcha tengdoshlari qatorida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘layotir.

Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan viloyatimzga zamonaviy  11 ta “Aqlvoy” mobil avtobusi ajratilib, ularda 69 ta mobil guruh tashkil etildi. Qolaversa, hozirda ushbu guruhlar orqali 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan  1 104 nafar bola maktabgacha ta’limga qamrab olingan.

Xususan, Denov, Bandixon, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on va Uzun tumanlaridagi olis hududlarda joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan bolajonlarimiz uchun qulay va sifatli ta’lim olish imkoniyati yaratildi. “Aqlvoy” mobil bog‘chalari har kuni 3 navbatda faoliyat yuritib, har birida 48 nafar bolaga tajribali mutaxassislar tomonidan  ta’lim-tarbiya berilayotir. Quyosh panellari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlangan mobil bog‘chalar zamonaviy konditsionerlar, ichki hojatxonalar hamda barcha zarur shart-sharoitlar bilan jihozlangan. Bunday imkoniyatlar yaratilganidan  ota-onalar va ularning farzandlari ko‘zlari quvonchga to‘lib ko‘ngillari shod bo‘ldi. D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun