Yutug‘i e’tiborsiz qolmadi

Date:

Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. DXX kubogi uchun tashkil etilgan futbol musobaqasida Boysun tumanidagi Dashtig‘oz mahallasi qizlari nafaqat tuman, balki viloyat bosqichida ham faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ularning bu yutug‘i e’tiborsiz qolmadi.

Mahalla yoshlariga sport bilan shug‘ullanish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida sun’iy qoplamali zamonaviy sport maydoni barpo etilib, tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Tadbirda mahalla faollari, faxriylar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ushbu sport maydoni yoshlar uchun nafaqat jismoniy tarbiya, balki sog‘lom muhitda ulg‘ayish, bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish maydoniga ham aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun