“Oltin voha” — obod go‘sha

Date:

Prezidentimizning hududlarda aholi muammolarini hal etishda mahalla tizimining rolini kuchaytirish, mahallalardagi “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiruvchi mahallalarda manzilli ishlar izchil davom etmoqda.

Viloyat hokimining hududlardagi o‘rganishlarida belgilangan chora-tadbirlar asosida har bir hududda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Sherobod tumanidagi “Oltin voha” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Mahallada ichki yo‘llar asfaltlanmoqda, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda, ariqlar betonlashtirilib, oqova suv tizimi yaxshilanmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turar joylari ta’mirlanmoqda. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida qator loyihalar ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanidagi “Oltin voha” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi. Tashrif davomida mahalla “yettiligi” a’zolari va mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun