Yo‘l harakati madaniyati bolalikdan shakllansa…

Date:

Surxondaryo viloyatida “Xavfsiz yo‘l – xavfsiz bolalik” tamoyili asosida tarbiyaviy va profilaktik faoliyatlar muntazam olib borilmoqda. 150 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti zarur ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan bo‘lib, bolajonlarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘g‘il-qizlarga harakat ishtirokchisi sifatida o‘zini qanday tutish kerakligi, svetofor ishoralari, piyodalar yo‘lagi, yo‘l belgilari amaliy vositalar orqali interaktiv tarzda tushuntirilmoqda.

Bu orqali bolalar yo‘l harakati madaniyatini bog‘cha yoshidan o‘zlashtiryapti, bu esa kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Kichkintoylar harakat qoidalarini o‘yin orqali o‘rganmoqda — bu oson eslab qolish va hayotga tadbiq etishda juda samarali.

Ushbu tashabbus viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun