Ilonlar — tabiat qo‘yniga qaytarildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan, zaharli va noyob turga mansub 23 bosh kobra, ko‘lvor (Naja oxiana) ilonlari yana o‘zining tabiiy yashash muhitiga — tabiat qo‘yniga qaytarildi. Ushbu ilonlar ilgari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining davlat ekologik inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fuqarolardan noqonuniy ravishda saqlab turilgan holatda aniqlanib, tortib olingan edi.

Noyob yovvoyi hayvonlarni qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish, saqlash yoki ularni tabiiy muhitidan yulib olish — Ekologiya kodeksi hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga zid hisoblanadi. Shu sabab, ilonlar vaqtincha “Toshkent hayvonot bog‘i”da saqlanib turgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan 2025-yil 17-iyundagi tegishli  ilmiy xulosa asosida ularni Surxon davlat qo‘riqxonasi Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga ko‘chirishga qaror qilindi va salqin tong hamda kechki soatlarda reintroduksiya (tabiatga qaytarish) jarayoni amalga oshirildi.

Ushbu muhim ekologik tadbir Zoologiya instituti mutaxassislari, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi inspektorlari ishtirokida olib borildi. Reintroduksiya nafaqat muhofaza ostidagi hayvonlarni asrash, balki ekotizim barqarorligini tiklash, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida katta ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun