Olis hududlarda ham…

Date:

Termiz harbiy gospitalining malakali shifokorlari hamkorligida viloyatimizning olis hududlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi dorasida madaniy hordiq tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu galgi tibbiy tadbirlar viloyat markazidan olis bo‘lgan Sherobod tumanidagi Xatak qishlog’I, Uzunsoy MFYda istiqomad qilayotgan aholi uchun o‘tkazildi. Ushbu tashabbus aholining sog‘ligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda malakali tibbiy maslahatlar berish orqali ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka malakali nevropotolog, terapevt, onkolog, travmatolog hamda ginekologlar jalb qilinib, bolalardagi surunkali kasallik hamda ayollarda bachadon bo‘ynini tekshirish va rak oldi holatini aniqlash mumkin bo‘lgan kolposkopiya kabi tekshiruvlari o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tibbiy ko‘riklar davomida Termiz garnizoni harbiy orkestori “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 47-umumta’lin maktabida ta’tilda bo‘lgan yoshlar bilan hamda aholi uchun jonli muloqotlar, vatanparvarlik ruhidagi uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Bundan tashqari, ularga Xayrobod garnizoni faxriy qorovul shaxsiy tarkibi chiqishlari hamda jamoaviy TIMBILDING o‘yini kunni mazmunli o‘tishida o‘zgacha kayfiyat berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun