Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi yangi binoda

Date:

Termiz shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur binoni kapital ta’mirlash, moslashtirish va zamonaviy ish sharoitlarini yaratish uchun 5,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Yangi binoda aholining ehtiyojlariga mos ravishda keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, fuqarolarga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha zarur infratuzilma, axborot tizimlari va qulay sharoitlar ta’minlangan.
Yangi binoning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ijtimoiy himoya tizimi xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda faollar ishtirok etdi.
Ushbu binoning faoliyatga kiritilishi viloyatda ijtimoiy xizmatlar tizimini sifat jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqish, aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida va samarali qondirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun