738 ming nafar bola birinchi sinfga qabul qilinadi

Date:

Yetti yoshga to‘lgan farzandlarimiz bilan birgalikda hayajondamiz. Chunki ular birinchi sinfga qadam qo‘yishadi. Maktabga esa qabul jarayonlari allaqachon boshlangan bo‘lib, ota-onalar kerakli xat-hujjatni tayyorlab bo‘lishgan. Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilish esa 1-avgustdan boshlanadi.

Joriy o‘quv yilida 738 ming nafar bola birinchi sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga 512 ming nafardan ortiq bola qabul qilingan. Umumta’lim maktablariga bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonlari joriy yil 20-iyundan boshlandi. Ma’muriy reglamentga ko‘ra, qabul jarayonining 2 bosqich – 20-iyundan 1-avgustga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikrohududdan tashqari qabul doirasida amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun