“Hayot sabog‘i unda”

Date:

Yaxshi fazilatlar inson ongiga kitoblar orqali singdiriladi. Har bir inson o‘z vaqtini unumli, foydali o‘tkazish, ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida kitoblar, badiiy adabiyotlar bilan oshno tutinishi bor gap.Kitob o‘qish nafaqat dunyoqarashni kengaytiradi, balki savodxonlikning ortishi, yozma va og‘zaki nutqning boyishiga sabab bo‘ladi. Kitob o‘qiydigan odam qayerda, qachon, kimga qanday gapirish kerakligini yaxshi biladi.
Kitob o‘qish — bu nafaqat bilim olish, balki shaxsiy rivojlanish, dam olish va yangi dunyolarni kashf etish imkoniyatidir. O‘qish jarayoni ko‘plab foydali jihatlarga ega va har bir kishi uchun turlicha tajribalar taqdim etadi.
Kitoblar insonga o‘zlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Badiiy adabiyotsiz fikriy teranlikka erishib bo‘lmaydi. “Radio, televideniye, internet bor-ku, ular ma’naviy ehtiyojimizni qondirolmaydimi”, dersiz. Ular hech qachon mutolaaning o‘rnini bosa olmaydi. Badiiy adabiyot va mutolaa haqida ko‘p va uzoq gapirish mumkin. Adabiyot insonning badiiy tafakkuri mahsulidir. Kitob esa insonning tabiati, mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk mo‘jiza. O‘qish orqali biz bilim olamiz, dunyoqarashimizni kengaytiramiz va o‘zimizni rivojlantiramiz.

Santalat Mamanazarova,
Sherobod tumani Axborot-kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun