Bolalar maroqli dam olishmoqda

Date:

Yozgi ta’til mavsumida bolalarning sog‘lom va mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish maqsadida Angor tumanida navbatdagi guruh bolalar oromgohlarga kuzatildi. Jumladan, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi tashabbusi bilan 25 nafar bola Sherobod tumanining “Beshbuloq” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga joylashtirildi.

Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 55 nafar farzandi “Vandob Beshbuloq” oromgohiga yuborildi. Tuman kasaba uyushmasi va mas’ul tashkilotlar vakillari bolalarni oromgohlarga kuzatib borib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish, dam olish va ko‘ngilochar dasturlar bilan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun