Istiqbolli loyihalar muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligida Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda videokonferensiya shaklida xorijdagi diplomatik vakolatxonalar vakillari, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shahar va tumanlar hokimlari ishtirok etdi. Onlayn muloqotda viloyatning investitsiya salohiyati va istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi hamda shahar va tuman hokimliklarining xorijdagi elchixonalar, diplomatik vakolatxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, viloyatimizning geostrategik ustunliklaridan biri sifatida Afg‘oniston bilan chegara hududida tashkil etilgan va mintaqaviy savdoni faol rivojlantirishga xizmat qilayotgan “Termiz” xalqaro savdo markazi imkoniyatlari ham taqdimot qilindi. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar vakillari, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar tomonidan Surxondaryo viloyatidagi mavjud va istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, geologiya, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirishga doir aniq takliflar ilgari surildi. Muloqot yakunida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida hududlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun