Fuqarolarimiz evakuatsiya qilindi

Date:

Yaqin Sharqdagi mavjud xavfsizlik vaziyatiga munosabat sifatida Turkmaniston o‘z hududidan xorijlik diplomatlar va ularning oila a’zolarini, shuningdek, Eronda bo‘lgan boshqa fuqarolarni tezkor ravishda evakuatsiya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlardan 120 ga yaqin fuqarolar Turkmaniston davlat chegarasi orqali xavfsiz hududga o‘tkazilgan.

Evakuatsiya jarayonida kelganlarga transport vositalari, oziq-ovqat, mehmonxonalar va zarur ehtiyojlar taqdim etilgan.

Turkmaniston hukumati gumanitar missiya doirasida diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirmoqda. Bu tashabbus orqali Turkmaniston insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga sodiqligini yana bir bor amalda tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun