NNTLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Date:

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faollikni oshirish va davlat hamda jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot maydonini kengaytirish maqsadida Prezidentning 2024-yil 12-dekabrdagi PF–124-sonli “Fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Termiz shahrida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimligi vakillari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi a’zolari, Adliya bo‘limi, OAV vakillari, faol fuqarolar hamda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan NNTlar ishtirok etdi. Muloqot davomida Farmon mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy vazifalar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, grant ajratish tizimlari, davlat organlari va NNT o‘rtasida ochiqlik va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda NNT vakillari o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar. Davlat organlari bilan bevosita muloqotda bo‘lish, o‘z tashabbuslarini ilgari surish va mavjud huquqiy asoslardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Yakunda Farmon ijrosini samarali ta’minlashda nodavlat sektorning faol ishtirokini rag‘batlantirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi. Ochiq va samimiy muloqot fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun