Surxondaryoliklar Gonkongdagi xalqaro turizm ko‘rgazmasida faol

Date:

Xitoyning Gonkong shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda Surxondaryo viloyati jamoasi ham o‘zining boy tarixiy merosi va betakror sayyohlik salohiyatini namoyon etmoqda.

Ko‘rgazma davomida Denov tumani hokimining oʻrinbosari Farhod Rasulov tomonidan ham viloyatimizga xos bo‘lgan sayyohlik maskanlari, madaniy va tabiiy boyliklar haqidagi taqdimotlar, keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar va ko‘rgazmalar orqali xorijlik ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazma orqali viloyatning turizm salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlarni jalb etish hamda investisiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yaratilyapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun