Qora laylak topib olindi

Date:

Sariosiyolik fuqaro Suhrob Fattoyev o‘z uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi Xarkush daryosi qirg‘og‘idan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob qush — qora laylak (Ciconia nigra)ni topib oldi.

Tezkor chaqiruv asosida Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining nazorat inspeksiyasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi  vakillari, Termiz hayvonot bog‘i mas’ullari hamda veterinariya mutaxassislari voqea joyiga yetib borib, qushni qabul qilib olishdi.

Qora laylak — yurtimizdagi eng noyob va muhofazaga muhtoj qushlardan biri bo‘lib, tabiiy yashash muhitida kamdan-kam uchraydi. Ushbu holat qushni inson aralashuvisiz qutqarish va asrash imkonini beradi. Mazkur noyob turdagi qush Termiz hayvonot bog‘iga vaqtinchalik topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun