Hayot va qahva piyolasi

Date:

Obro‘li bir oliy o‘quv yurtini tamomlagan, hozir yaxshi joylarda ishlaydigan bir guruh sobiq talabalar ustozlarini yo‘qlab kelishdi. Suhbat asnosida gap ishga ko‘chdi va ular qiyinchiliklar ko‘pligidan, turli muammolardan shikoyat qilishdi.

Professor mehmonlarga qahva taklif qildi, roziliklarini olgach, oshxonaga yo‘naldi va birozdan so‘ng patnis ko‘tarib chiqdi. Unga turli xil – chinni, shisha, plastik va billur piyolalar terilgan edi. Ayrimlari oddiy, ayrimlari qimmatbaho edi.

Shogirdlari piyolalarni olib bo‘lgach, professor ularga yuzlanib dedi:

– E’tibor beringlar, hammalaring qimmatbaho va zeb-ziynatli piyolalarni oldinglar. Oddiy va arzonlari patnisda qoldi. Bu aslida siz uchun meyordagi holat – eng yaxshisini istaysiz. Biroq shu bilan birga bu kayfiyat barcha muammolaringiz va tashvishlaringizning ildizi hamdir. Yodingizda bo‘lsin, piyola hech qachon qahvaning ta’mini o‘zgartirib, yaxshilab qo‘ymaydi. Qimmatbaho piyolalar ba’zida ichidagi qahvaning asl ko‘rinishini yashiradi ham. Hammalaring istagan narsa aslida qahva edi, piyola emas. Lekin sizlar ongli ravishda chiroyli idishlarni tanladinglar, keyin kimga qanaqasi tushdiykan deb bir-birlaringning piyolalaringga e’tibor qaratdinglar.

Tasavvur qiling, hayot bu – qahva; ish, pul, vaziyat, jamiyat kabilar esa – piyoladir. Ular tirikchilikni ta’minlash vositalari, xolos. Qanday piyolaga ega bo‘lishimiz hayotimizning mohiyati va asl sifatini o‘zgartirmaydi. Ba’zida, faqat piyolalarga e’tibor berib, qahvaning ta’midan lazzatlanishni unutib qo‘yamiz.

Orif Tolib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun