Istiqbolli kelishuvlarga erishildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Tailand qirolligi Oliy patriarxi o‘rinbosari Phrathepprasitthimon Siriprommakun, Tailand qirolligining sobiq bosh vaziri, “Pxiya Txai” partiyasi asoschisining maslahatchisi Prem Truyeknonda va Surxondaryo viloyatining Tailanddagi turizm elchisi Phansak Boonsophonponglarni qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida saqlanib qolgan ko‘plab buddizm obyektlariga har yili Tailand, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya va Koreya kabi davlatlardan 10 minga yaqin sayyohlar tashrif buyurishi, o‘zlarining kichik diniy amallarini bajarishi qayd etilib, sayyohlar oqimini 50 mingga yetkazish, buddizm arxeologik yodgorliklarni restavratsiya qilishda Tailand qirolligi investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida o‘zaro ishonchli muloqotni davom ettirgan holda istiqbolli kelishuvlarga erishilishini qayd etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun