“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” boshlandi

Date:

Tibbiyot sohasini rivojlantirish, xizmat sifatini yaxshilash masalalariga qaratilgan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlangan. Mazkur dasturga asosan viloyatimizdagi tibbiyot maskanlarida kutish joylarida qulay o‘rindiqlarni ko‘paytirish, navbatni tartibga keltirish, “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, xona va yo‘laklarda inklyuziv muhit yaratish, qo‘l yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish ishlari boshlangan.
Xususan, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrifi davomida “Chuqur” va “O‘rtaqishloq” oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va uning “Binokor” filiali, 2-son bolalar poliklinikasi hamda tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasida amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish-ta’mirlash tadbirlari hamda rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Har bir tibbiyot maskanida dasturda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda zarur sharoitlarni sifatli yaratish, aholining tibbiy xizmatdan malakali va samarali foydalanishi uchun qulay muhit yaratish vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, tashrif davomida 82-sonli maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, “Yoshlar” saylgohida amalga oshirilayotgan ishlar, 51 nafar ishsiz yoshga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirilib, sug‘orish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha loyiha ishlab chiqib, amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun