Oromgohlar mavsumga shaymi?

Date:

Surxondaryo viloyatida joriy o‘quv yili tugashi bilan yangi — 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 7-sonli maktabda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Dastlab, maktabning o‘tgan o‘quv yilidagi natijalari muhokama qilinib, ta’lim sifati va infratuzilmani yaxshilash zarurligi ta’kidlandi. Maktab binosini to‘liq ta’mirlash, uni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga aylantirish va harbiylashtirilgan sinflar tashkil etish vazifalari belgilandi.
Shundan so‘ng “Amudaryo” bolalar oromgohida yozgi mavsumga tayyorgarlikka bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda viloyatdagi barcha oromgoh rahbarlari ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etdi. Mavsumni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Bundan tashqari, ushbu oromgoh hududidagi xususiy ta’lim muassasasi — “Zvezda Vostoka” maktabi faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur maktabda bolalarga chuqurlashtirilgan matematika ta’limi beriladi va o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida munosib natijalarga erishib kelmoqda.
Tadbirkor tomonidan yangi xususiy maktab loyihasi taqdimot etildi. Mutasaddilarga mazkur maktab uchun mos bo‘sh yer maydonini tanlash, uni auksionga chiqarish hamda loyihani amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish topshirildi. Shuningdek, Termiz shahridagi dzyudo federatsiyasining viloyat bo‘limi faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshiriladi

Sariosiyo tumanining "Anorzor" mahallasida “Madina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha...

2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...
KunTun
KunTun