“Gimnastikaga ilk qadam”

Date:

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Gimnastikaga ilk qadam” festivalining viloyat bosqichi yuqori saviyada yakunlandi. Festivalda gimnastikachi oʻgʻil-qizlar faol ishtirok etib, bor mahoratlarini namoyon etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra qizlar o‘rtasida Termiz shahridagi 20-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Fariza Xolmatova birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasida ham ayni shu bogʻchaning tarbiyalanuvchisi Damir Bobomuratov birinchi boʻldi.

G‘olib va sovrindorlarga boshqarma tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun quvonchli, esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...
KunTun
KunTun