Boʻlajak hojilar safarga kuzatildi

Date:

Yurtimizda har yili hojilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar tobora takomillashib, qulayliklar ortib bormoqda. Ayniqsa, ziyoratchilar uchun ajratilayotgan kvotalar soni ham yildan-yilga oshmoqda.

Joriy yilda Surxondaryodan 815 nafar fuqaro “Haj” safariga yo‘l olmoqda. Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyatidan bo‘lajak hojilarni muborak “Haj” safariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yurtdoshlarimizga samimiy tilaklar bildirdi va ularga oq yo‘l tiladi.

Kuzatuv marosimida diniy ulamolar, nuroniylar, otaxon-u onaxonlar va boshqa mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirda yurt tinchligi, xalq farovonligi va ziyoratchilarning sog‘-omon ziyoratni ado etishlari uchun duolar qilindi.

Nuroniylar yurtimizda “Haj” safari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, ziyoratchilarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun