Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Date:

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu hujjat asosida mamlakatda ekologik savodxonlikni oshirish, fuqarolarning tabiatga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish va “yashil” iqtisodiyot sari harakatlanish maqsad qilingan.
Konsepsiyaning “v” bandida transport vositalari orqali atrof-muhitga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlar, jumladan, avtomobil oynasidan chiqindi tashlash kabi holatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu band asosida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Yangi normalarga koʻra, transportdan chiqindi tashlash endi faqatgina odobsizlik sifatida emas, balki qonunbuzarlik sifatida ko‘riladi va u uchun maʼmuriy jazolar qoʻllaniladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun