Denovliklar voha sharafini himoya qiladi

Date:

Surxondaryo viloyatida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan shahar va tuman bo‘limlari xodimlari, shuningdek, xotin-qizlar faollari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan 15 ta terma jamoa ishtirok etib, viloyat birinchiligi uchun murosasiz va qizg‘in bellashuvlarda qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Denov tumani jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa 24-25-may kunlari o‘tkaziladigan tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.
Mazkur musobaqa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun