Inklyuziya o‘z so‘zini aytmoqda

Date:

Vaqt nuqtayi nazaridan hammaning imkoniyati teng, biroq jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyatlar har doim ham teng bo‘lavermaydi. Oramizda to‘rt muchasi sog‘lom insonlar bilan bir qatorda, nogironligi borlar ham istiqomat qiladi.
Bunday yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularga o‘z iste’dodlarini namoyon etish imkonini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani kuchaytirish, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash, munosib qo‘llab-quvvatlash, ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka taqdim etish, shuningdek, hamkorlik va tajriba almashish muhitini shakllantirishga katta e’tibor qaratilayotgni hech kimga sir emas. Nogironligi bor fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘zlarining bor mahorat va qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, vatanga daxldorlik hissi bilan yashashi uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinayotir.
Ro‘zi Choriyev nomidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida XDP tashabbusi bilan “Orzular dunyosi” nomli aksiya o‘tkazildi. Unda viloyatimizdagi 18 yoshdan 30 yoshgacha nogironligi bo‘lgan yoshlar qo‘l mehnatlari bilan ishtirok etdi.
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Farzona Samadova ham ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarni lol qoldirdi. Uning chizgilarida ichki olami, orzulari, kelajak haqidagi tasavvurlari ranglar qorishig‘ida ajoyib manzara kasb etgan. Farzona yaxshi eshitmasa-da, qalbi bilan tabiatni, odamlarni, go‘zallikni tinglaydi va betakror asarlar yaratadi. Yosh rassomning har bir ijodiy ishi o‘ziga xos iste’dodi, yorqin kelajagidan so‘zlaydi.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib munosib taqdirlandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun