Farzand

Date:

Bir odam uyining yer to‘lasida ustachilik qilardi. Eshik romda undan o‘tadigan usta yo‘q edi. Usta bir kun xar doimgiday ishini qilayotganda chiroq o‘chib qoldi. Bir qancha muddat kutdi, ammo chiroq yonmadi, aksiga olganday shu kuni bitirishi kerak bo‘lgan bir nechta romlar bor edi. Biroz dam olish uchun uyga kirayotganda elektr yoqib-o‘chirgichiga ko‘zi tushdi, kimdur tokni o‘chirib qo‘ygan bo‘lishi kerak. Usta elektrni yoqqan edi ustaxona chirog‘i yondi. Taxminlari to‘g‘ri chiqdi, ajabo kim qildi ekan?

Endi ishga boshlagan ham ediki, yana chiroq o‘chdi. Ammo bu safar elektrni kim o‘chirganini ko‘rdi. Ustaning o‘g‘li elektrni o‘chirib sekin narvondan pastga tushganida qarshisida otasi turardi. Usta o‘n yashar o‘g‘lining bu qilgan ishini kechira olmadi, butun ishi o‘g‘lini deb kechikkandi. Bir martta o‘chirgan bo‘lsa xam mayli edi-ya. O‘g‘lini bir shapaloqladi, balki esi kirib qolar endi.

Usta o‘g‘lining ko‘z yoshlarini ko‘rmaslikka olib uyga chiqdi. Uyga kirishi bilan xotiniga alam bilan gapirdi: — Bu bolani maktabda kimlar bilan aralashib yurganini bilishimiz kerak. Agar bo‘sh qo‘yib qo‘ysak, boshimizga balo bo‘ladi.

Oxiri eng oson yo‘li topildi. O‘g‘lining xech qoldirmasdan tutgan kundaligini o‘qiydi, o‘g‘lining nima ishlar qilib yurganini bilib oladi. Xotinining qarshiliklariga qaramasdan kundalikni ochib o‘qiy boshladi.

O‘g‘li eng oxirgi saxifaga shu so‘zlarni yozgandi: “Bu kecha yomon tush ko‘rdim. Ustaxonada dadamni tok urdi. Allohim dadamni o‘zing asragin. Men esa qo‘limdan kelganini qilaman!!!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun