“El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi

Date:

Endi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi fondi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi etib qayta tashkil etiladi. Jamgʻarma Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi kabi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birga kadrlar tayyorlash klasteriga aylantiriladi.

Jumladan, istiqbolli mutaxassislarni xorijda tayyorlash boʻyicha bakalavriat, magistratura va doktorantura bilan bir qatorda davlat xizmatchilari olti oygacha maqsadli stajirovkaga yuboriladi. Bunda energetika, urbanizatsiya, transport, arxitektura, geodeziya, yer munosabatlari, texnika, muhandislik kabi iqtisodiyotning drayver sohalariga, davlat boshqaruvi va dolzarb ijtimoiy yoʻnalishlarga ustuvorlik beriladi. Xalqaro reytinglarda “TOP-100” talik universitetlarga grant asosida oʻqishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. “TOP-300” talikda boʻlgan universitetlarga grantga kirganlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi. “TOP-20” talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.

Xorijda oʻqiyotgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy muloqotda boʻlish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarida yordamlashish maqsadida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining ota-onalari kengashi tuziladi. Elchixona va konsulliklarga talabalarga huquqiy va tashkiliy koʻmak koʻrsatish vazifalari yuklatiladi. Bundan tashqari, yangi tizimga asosan, endi davlat xizmatchilari uchun 3 ta dastur – malaka oshirish, qayta tayyorlash va magistratura yoʻlga qoʻyiladi. Barcha uzoq va oʻrta muddatli oʻquvlar xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari asosida tashkil qilinadi. Magistraturada “Davlat boshqaruvi”, “Davlat siyosati”, “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Inson resurslarini rivojlantirish” va “Davlat moliyasini boshqarish” yoʻnalishlarida 18 oygacha muddatda chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi. Davlat buyurtmasidan tashqari toʻlov-kontrakt shaklida ham talabgorlar qabul qilinadi. Akademiyada taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalar berish, nufuzli xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish uchun Xalqaro akademik maslahat kengashi tuziladi. Shuningdek, akademiya huzurida 4 ta yangi markaz tashkil etilishi rejalashtirilgan. Misol uchun, Davlat boshqaruvi muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi davlat xizmati samaradorligini oshirish, xususiy sektordagi ilgʻor amaliyotlarni davlat boshqaruvida joriy qilishga qaratilgan tavsiyalar berib boradi.

Taqdimot yakunida Prezident takliflarni maʼqullab, bu tizimlarni yangicha yondashuvlar asosida joriy qilish, jamgʻarma va akademiya xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.

“Work and travel” dasturlarida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi. 2025-yilning 15-mayidan boshlab Hukumat qarori bilan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi. Bunda ssuda BHMning 40 baravari (15 million soʻm) miqdorida boʻlib, qarz har yili 2 ming nafargacha talaba-yoshlar uchun ajratiladi.

Shu hisobda endi talabalar taʼtil davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bundan tashqari, ular haftasiga 30-40 soat ishlash orqali bir mavsumda oʻrtacha 3-7 ming dollargacha daromad topishi mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun, dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok eta oladi. Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan soʻng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

Oldingi sahifaHamkorlik manfaatli boʻldi
Keyingi sahifaFarzand

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammoga zamonaviy yechim bor

Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida...

Uchrashuv

Oktyabr oyi bo‘lishiga qaramay, kun juda issiq, g‘ir etgan...

Ovozi baralla yangradi

San’atning sehri, jozibali ohanrabosi bor. Ayniqsa, milliy san’atimiz, xalq...

USTOZ – KOMILLIKKA YETAKLAYDI

Ustoz — millatni ulug‘likka yetaklaydi, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiradi....
KunTun
KunTun