“Yangi O‘zbekistonda yangi islohotlar”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2024 yildagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-son farmoni bilan davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari uchun munosib loyihalarni tanlab olish sifati va shaffofligini oshirish maqsadida sohadagi institutsional o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi va Parlament huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va uning hududiy filiallari tashkil etilib, ijtimoiy loyihalarning manzilliligi ta’minlanishi, byurokratiyaga chek qo‘yilishi belgilangandi.
Farmon asosida joriy yil 1-oktyabrdan e’tiboran, fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma “ngo.gov.uz.”ishga tushirildi. Davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbusli ijtimoiy sheriklik loyihalarini bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 1000 baravarigacha tanlovlarsiz moliyalashtirish huquqi berildi.
Davlat grantlari va ijtimoiy buyurtma loyihalari doirasida daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirildi, ya’ni tanlovlar g‘oliblari shu vaqtgacha 12 foiz miqdorida daromad va ijtimoiy soliq to‘lab kelishgan bo‘lishsa, 2024-yilning oktyabr oyiga qadar bu turdagi soliqlarni 6 foizdan to‘lashadi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji 2 baravarga kamaytirildi.
Homiylik tashkilotlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilgan xayriya yordam pullarining soliq solinmaydigan miqdori amaldagi 15 million so‘mdan 34 million so‘mgacha (BHMning 100 baravari) oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, farmonga muvofiq davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanishi va har yili jamoatchilik kengashlarining faoliyati samaradorligi baholanib, natijalari e’lon qilinishi, jamoatchilik kengashlarining faol a’zolari davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirib borilishi belgilangan.
O’tgan yili dekabr oyida o‘tkazilgan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini rag‘batlantirish, shu jumladan, “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tadbirlarida 2024-yil yakunlari bo‘yicha viloyatimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Ayol va Zamon” Surxondaryo xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish markazi rahbari Gulnora Xodjaniyazova hamda O‘zbekiston Rus milliy madaniy markazining viloyat bo‘linmasi rahbari Nina Fyodorova taqdirlandilar.
Bu tashkilotlar xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish, bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish, aholimiz o‘rtasida millatlararo bag‘rikenglik va do‘stlik tuyg‘ularni yoshlar ongiga singdirish milliy an’analarni asrash va rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun munosib topildi.
Shu davrgacha davlat granti va ijtimoiy buyurtmalar Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi hamda joylardagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalarining qarorlari asosida ma’lum bir mavzularda e’lon qilinib, talabgorlar tanlovlarda ishtirok etish uchun arizalarni pochta orqali yuborishar, qolgan jarayondan bexabar bo‘lishardi.
Yangi tizimning afzalligi shundan iboratki, davlat granti va ijtimoiy buyurtmalarga arizalar har bir nodavlat notijorat tashkiloti, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari o‘z arizalarini OneID tizimidan ro‘xatdan o‘tgan holda “ngo.gov.uz.” yagona elektron platformaga mustaqil kiritishlari hamda arizani ko‘rib chiqishning butun jarayonini bevosita kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eng asosiysi, tanlovlarning manzilliligi va aniq maqsadni ko‘zda tutilganligi ta’minlandi. Joriy yilning mart-aprel oylarida Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi a’zolari, Senatorlar, mahalliy kengashlar deputatlari viloyatlarda bo‘lishib, jamoatchilik ishtirokida aholini qiynab kelayotgan muammolarini o‘rganib chiqishdi va ularning dolzarbligiga qarab, tanlovlarning mavzu va yo‘nalishlari belgilandi. Tanlovlarni ijro qilishga ajratilgan muddatlar qisqartirildi.
Jamoat fondi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan yagona elektron platforma bilan ishlash tartibi videoyo‘riqnomalar yordamida va suhbatlar orqali hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib kelinmoqda.
Yo‘riqnomalarda foydalanuvchilarning savollari bo‘yicha mas’ul mutaxassislarning telefon raqamlari ko‘rsatilgan va ularga javob berish yo‘lga qo‘yilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlar, OAVlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining endigi vazifasi e’lon qilinayotgan davlat granti va ijtimoiy buyurtmalar tanlovida faol ishtirok etib, o‘zlari yashayotgan va mehnat qilayotgan hududlardagi ijtimoiy muammlarni hal qilishda iborat bo‘lishi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun