Sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
2017-yil 1-iyundan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba ma’muriy sudlar tashkil qilinganligi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-son qarori bilan ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish ham nazarda tutildi.
Dastlabki eshituvda arizachining talablari va javobgarning e’tirozlari aniqlashtiriladi, arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrni yozma ravishda taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar beriladi. Arizadagi talablar va ishdagi dalillarga sudya tomonidan dastlabki huquqiy baho (talablarni aniqlashtirish, ishga daxldor bo‘lmagan taraflarni almashtirish, qo‘shimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beriladi. Bunda ko‘rilayotgan ishning mazmunan hal etilishi bo‘yicha yakuniy fikr bildirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dastlabki eshituv ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkaziladi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi.
Dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra arizani qaytarish yoki ish bo‘yicha sud muhokamasini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Mazkur qaror davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan sud nazoratini samarali o‘rnatishni hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishiga imkoniyat beradi.

X.Xakimov,
Viloyat ma’muriy sudining sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun