Bugun — “Avtomobilsiz kun”

Date:

Avtoulovlarsiz bir kunimiz tugul, bir soatimizni ham tasavvur eta olmaymiz. Manzilimizga zumda yetib, ishimizni hal etishga ko‘makchi bo‘lgan mashinalardan chiqadigan zaharli gaz va tutunlar esa atrof-muhitni, bizni zararlayotgani esa xayolimizga ham kelmaydi. Bir kun piyoda yurib, avtomobillarga dam bersak, ekologiyani qanchalik asragan bo‘lardik? Bu haqida esa o‘ylab ko‘rgan yaxshi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2024-yil 3-iyundagi tegishli topshirig‘iga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida joriy yilning iyul oyidan boshlab, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilingani esa ayni xayollarimizga hamohang tashabbus deyish mumkin. Xuddi shu kuni avtomobillar harakatini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan jamoatchilik loyihasi amalga oshirilado.
Bugun, 2025-yil 23-aprel — haftaning to‘rtinchi chorshanbasi, mamlakatimiz bo‘ylab “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu ekologik tashabbus doirasida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi faol ishtirok etmoqda. Boshqarma xodimlari shaxsiy avtomobillarsiz, piyoda, velosiped yoki jamoat transportida ish joylariga yetib kelishdi. Bu kabi aksiyalar atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Tashabbusga xayrixohlar qo‘shilishlarini, saflarimix esa kengayishini kutib qolamiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun