Sariosiyoda loladaraxti yetishtirilmoqda

Date:

Manzarali loladaraxti haqida eshitganmisiz, bunday oʻsimlik turi asosan Shimoliy Amerikada yetishtiriladi. Bo‘yi 15 metr, diametri 3,5 metrgacha choʻziladigan ushbu daraxtning 18 kilogramm urug‘lari Sariosiyo tumanidagi 24-maktabning boʻsh turgan yer maydoniga qadaldi.

Loladaraxtining 1 kilogramm urug‘idan ming dona ko‘chat olinishi mumkin. Ushbu daraxt chiroyli manzara bilan birga daromad manbayi ham. Daraxtning 1 dona ko‘chati o‘rtacha 370 ming so‘mga baholanadi. Qolaversa, yog‘ochidan mebel, musiqa asboblari, radiopriyomniklar tayyorlashda, qishloq xoʻjaligi mashinasozligida, qogʻoz sanoatida keng foydalaniladi.

24-maktab tajribasi o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, kelgusida hududdagi barcha maktablarda loladaraxti yetishtirilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...

Xavfsizlik muhim

Iliq ob-havo sabab varrak uchirish holatlari ko‘paymoqda. Mutasaddi tashkilotlar...

Ezgu tashabbus

Bandixon tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida 2006-yil bitiruvchilari ishtirokida samimiy...
KunTun
KunTun