Ezgu tashabbus Sherobodda ham

Date:

Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarida plastik chiqindilarini alohida ajratib, ularni mablag‘ evaziga chiqindini qayta ishlash korxonalariga topshirish loyihasi amaliyotga tatbiq etilgan. Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham bu loyiha keng yo‘lga qoʻyilmoqda.

Xususan, sherobodlik ta’lim tizimi vakillari ham ushbu tashabbusni ilgari surishyapti. Hududdagi 46-sonli umumta’lim maktabida oddiy simlardan plastik idishlar toʻplash uchun alohida idish yasaldi.

Maktab plastik chiqindilarni bir joyga toʻplab, undan daromad koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tushgan mablag‘ maktab ehtiyojlari, tozalik ishlari hamda oʻquvchilarning yanada bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida ularni ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi. Mazkur tashabbus bosqichma-bosqich hududdagi barcha ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun