Ko‘rsatkich yanada oshiriladi

Date:

Mamlakatimizda IT sohasi eksportini 1 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada asosiy harakat kuchini yoshlar tashkil etadi. Xususan, Surxondaryo viloyatida o‘tgan yilda IT xizmatlari eksporti 3 million AQSH dollariga yetgan bo‘la, joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni yanada oshirish, IT xizmatlari eksportchilari sonini 20 nafarga, “IT park” rezidentlari sonini esa 100 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida yurtimizdagi yetakchi IT kompaniyalarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Jumladan, ta’lim, onlayn kurslar, logistika xizmatlari, sun’iy intellekt va dronlar orqali qishloq xo‘jaligida innovatsion boshqaruvni joriy etish bo‘yicha loyihalar “Joylinks”, “Astrocode”, “Grine Termez” va “Record MIR” kompaniyalari mutaxassislari tomonidan taqdim etildi.
Shuningdek, yoshlarni IT sohasiga o‘qitish, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini bepul ta’lim bilan qamrab olish va daromadli ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun