Yurtga tinchlik, omonlik tilab…

Date:

Muborak Ramazon hayiti vohamizning barcha hududlarida katta shod-u xurramlik va shukronalik ruhida nishonlanmoqda. Bayramning birinchi kuni erta tongdan viloyatdagi 133 ta jome’ masjidda 199 mingdan ortiq namozxon hayit namozi o‘qib, saodatli kun ibodatini ado etdi.

Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome’ masjidi ham yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Hayit namozi ma’ruzasida yurtda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, mehr-oqibat va insoniy fazilatlarni ulug‘lash, shuningdek, jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, xayr-saxovat va odamlarga mehr ko‘rsatishning ahamiyati haqida ta’kidlandi.

Yurtdoshlarimiz Ramazon hayitining qutlug‘ onida shukrona aytib, vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovonligi va tinchligi uchun duo qildilar. Bayram munosabati bilan viloyat bo‘ylab turli xayriya tadbirlari va ezgu amallar amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun