Xotin-qizlar faolligini oshiradi

Date:

Termiz tumanida ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Oila va xotin-qizlar maskani o‘z ishini boshladi. Maskanning tantanali ochilish marosimida deputatlar, Oqila ayollar harakati a’zolari, xotin-qizlar faollari hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Mazkur maskan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularga huquqiy, psixologik va metodik yordam ko‘rsatish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish kabi vazifalarni bajarishga qaratilgan. Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maskanning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Mahalliy hokimiyat, jamoat tashkilotlari va faol ayollar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mazkur tashabbus ayollar va oilalarning farovonligini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun