Onlayn formatda…

Date:

Tadbirkor faoliyati davomida muammoga yoki toʻsiqqa uchrashi, ishini rivojlantirish uchun madadga muhtoj boʻlishi mumkin. Ana shunday paytda munosib qoʻllov barini izga soladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarning ayni shunday dolzarb muammolarini o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni muhokama qilish hamda ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni onlayn formatda o‘tkazdi.

Uchrashuvda hududiy studiyalar orqali 52 nafar tadbirkorning kredit ajratish, kredit muddati uzaytirilishi, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer masalalari, huquqiy hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Shuningdek, yangi taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilangan holda topshiriqlar berildi. Viloyat hokimi har bir mutasaddi tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘lishi va ularning qonuniy masalalarini hal etishda shaxsan mas’ul ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining joylardagi ijrosi yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, mutasaddilarga biriktirilgan oilalar bilan ishlarni manzilli tashkil etish, kambag‘allikdan chiqarish, aholi turmush farovonligini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun