Saralash oson kechmadi

Date:

Vatan taraqqiyoti, ta’lim va maorif rivoji uchun jon fido etgan ma’rifatparvarlar ichida Behbudiy xizmatlari beqiyos. Shu sababli OTM talabalari va ilmli yoshlar orasida insholar tanlovi, turli tadbir va kechalar o‘tkazilib kelinmoqda. Albatta, bunday tashabbuslar ham tarbiyaviy, ham ta’limiy ahamiyatga ega.
Termiz davlat universitetida ham talabalar o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” insholar tanlovi o‘tkazildi. Ishtirokchilar qo‘llariga qalam tutib, mavzu bo‘yicha o‘z bilim va qarashlarini, mustaqil fikr va munosabatlarini bildirdilar.
Aytish kerakki, bugungi yoshlarning fikrlari teran, dunyoqarashlari keng. Shu ma’noda g‘oliblarni aniqlash hakamlar hay’ati uchun oson kechmaydi. Haqiqatan ham insholar mazmunan boy, raqobat esa kuchli. Ana shunday qizg‘in saralashda munosiblar g‘oliblikka da’vogarlik qila oldi. Universitetning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Zohid Normo‘minovning inshosi eng yaxshi deb topilib, 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun