Arab tili bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi

Date:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha muhim o‘zgarish joriy etildi. Endilikda arab tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga imtiyoz (maksimal ball) berish tartibi bekor qilindi.
Avval arab tili bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz sifatida maksimal ball olgan bo‘lsa, endilikda bunday imkoniyat bo‘lmaydi. YA’ni barcha abituriyentlar test sinovlarida to‘liq ishtirok etishlari shart.
Bu o‘zgarish imtihon jarayonini yanada adolatli qilish va barcha abituriyentlarga teng imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilgan. Ushbu o‘zgarish natijasida diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yagona baholash tizimi asosida o‘tkaziladi. Arab tili bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lish imtihonda ball olish uchun yetarli emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun