“SAYILLAR UYQUDAGI TANIMIZ VA RUHIMIZNI UYG‘OTDI”

Date:

Bir yoqda dorbozlik tomoshalari hayratingizni oshirsa, etnosport musobaqalari esa shashtingizni, zavqingizni toshiradi. Ana shunday hisdagi ko‘ngilli yoshlar esa arqon tortishga tushib ketadi. Tosh ko‘tarish esa hamma ham udda qiladigan ish emas. Bunda tosh ko‘tarish texnikasini bilish lozim. Ayni jihatlardan xabardorlar esa tosh ko‘tarib, tomoshabinlarning olqishi-yu, hayqiriqlariga sazovor bo‘lishayotir.
— Doimo sport bilan shug‘ullanaman, — deydi Shahobiddin Asqarov. — Ammo bugungidek, zavq olganim yo‘q. tengdoshlarim bilan jamoalarga bo‘lib, arqon tortdik. Birimiz g‘olib, boshqamiz mag‘lub bo‘lgan esak-da, har bir harakatimiz saboq bo‘ldi. Arqon tortishni-da texnikasi bor ekan. Ayni jihatlarni bilib harakat qilib, g‘oliblik nashidasini surdik. Bugungi sayillar uyqudagi tanimiz va ruhimizni uyg‘otib, tetiklashtirgandek bo‘ldi.
Yelka kurashida mardi maydon bo‘layotgan polvonlarning olishuvidan davra qiziyotgan bo‘lsa, “Qarab tep” musobaqasi ham o‘spirin yigitlarning sevimli mashg‘ulotiga aylanib ulgurgan. Bugun sayilga kelganlar faqat tomosha qilishmayapti, balki unutilib borilayotgan milliy o‘yinlarni qayta o‘ynashi, eslashi bilan ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ular bugun oltinga teng vaqtlarini nimalarga sarf etib, boy berishayotganini anglab yetish fursatini ham qo‘lga kiritishgan. Navro‘z sarhisob oni, Navro‘z o‘zlikka, milliylikka qaytish fursatidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun